locale OZ

Bahodir Toshmatov Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi raisi etib saylandi

Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bahodir Toshmatov Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi raisi etib saylandi
photo: MOQ

Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda federatsiyaga yangi rahbar saylandi va ustuvor rejalar koʻrib chiqildi.

Tadbirda delegatlar tomonidan federatsiya raisligiga Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni Toshmatov Bahodir Hamidovich nomzodi ilgari surildi. Nomzod bir ovozdan qoʻllab-quvvatlandi va B.Toshmatov mamlakat kamondan otish federatsiyasi raisi etib saylandi.

Konferensiya davomida ushbu sport turini yurtimizda yanada rivojlantirish va ommalashtirish, sportchilarimizni joriy yil kutib turgan nufuzli musobaqalarga puxta tayyorlashga doir istiqbolli rejalar koʻrib chiqildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting