locale OZ

Bahodir Qodirov O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

Surxondaryo viloyati mamlakatimizda dzyudo markazlaridan biri hisoblanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bahodir Qodirov O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Surxondaryo viloyati mamlakatimizda dzyudo markazlaridan biri hisoblanadi. Jismoniy tarbiya va sportni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan izchil davlat siyosati, shuningdek, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining tizimli ishlari tufayli hududda milliy dzyudomiz rivojiga katta hissa qo‘shgan bir qator taniqli sportchilar va murabbiylarni tarbiyalagan kuchli maktab shakllandi.

Aynan Surxondaryo zamini o‘zbek dzyudosiga Olimpiya o‘yinlari kumush medali sovrindori Abdullo Tangriyev, Olimpiya o‘yinlari bronza medali sovrindori, jahon chempioni va Osiyo o‘yinlari g‘olibi Muzaffarbek To‘raboyev, jahon chempionati kumush medali sovrindori Sharofiddin Lutfullayev, IJF Jahon seriyasi turnirlari g‘olib va sovrindorlari Umar Bozorov, Hikmatullo To‘rayev kabi ko‘plab taniqli sportchilarni yetkazib berdi. Ular milliy dzyudomiz rivoji va O‘zbekistonning xalqaro nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shdilar.

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tashkil etilgan Denov dzyudo bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport mahorati maktabi Surxondaryo dzyudo maktabi rivojida alohida o‘rin tutadi. Bugungi kunda u avlodlar almashinuvini ta’minlash va milliy dzyudo maktabini yanada rivojlantirishda sport zaxirasi hamda milliy terma jamoaga nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha asosiy markazlardan biri hisoblanadi.

Bahodir To‘xtayevich ko‘p yillar davomida Surxondaryo viloyatida dzyudoni rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklashib, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, sportchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, bolalar va o‘smirlar sportini rivojlantirish hamda yoshlar o‘rtasida dzyudoni ommalashtirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirishda yaqindan yordam berib kelmoqda.

Ishonchimiz komil, Bahodir To‘xtayevichning professional va tashkilotchilik tajribasi, uning mas’uliyati va ishga bo‘lgan sadoqati O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi salohiyatini yanada mustahkamlash, yangi tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish, hududiy maktablarni rivojlantirish hamda mamlakatimiz sharafini nufuzli xalqaro musobaqalarda munosib himoya qila oladigan sportchilarni tayyorlashda muhim omil bo‘ladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting