locale OZ

Badminton. Markaziy Osiyo chempionatida qatnashgan xorazmlik sportchilar kutib olindi

O‘zbekistonlik badminton ustalari jami 2 ta oltin, 7 ta kumush va 10 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Badminton. Markaziy Osiyo chempionatida qatnashgan xorazmlik sportchilar kutib olindi
photo: Xorazm

Joriy yilning 15-23 sentyabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sport bazasida o‘n besh yoshgacha (U-15), o‘n yetti yoshgacha (U-17) va yigirma uch yoshgacha (U-23) bo‘lgan badmintonchilar o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati o‘tkazildi.
Yetti davlatning eng sara sportchilari qatnashgan musobaqada o‘zbekistonlik badminton ustalari jami 2 ta oltin, 7 ta kumush va 10 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Mubolag‘a emas, medallar jamg‘armasini xorazmlik, xususan, SO‘TЕAISM tarbiyalanuvchilari aytarli darajada boyitishdi.
Bugun Urganch temir yo‘l vokzalida zafarli o‘g‘il va qizlarimiz Xorazm viloyati Sport boshqarmasi, sport maktabi, federatsiya mutassaddilari hamda yaqinlari tomonidan tantanali tarzda kutib olindi.
SO‘TЕAISM direktori Jamoladdin Abdullayevga ko‘ra, badmintonchilarimizning chempionatda erishgan ushbu yutuqlari sport maktabi tarixi sahifalaridan joy oladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting