locale OZ

Badiiy gimnastikachilarimiz litsenzion jahon chempionatida ishtirok etishadi

12-16-avgust kunlari Germaniyaning Frankfurt shahrida badiiy gimnastika boʻyicha navbatdagi jahon chempionati boʻlib oʻtadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Badiiy gimnastikachilarimiz litsenzion jahon chempionatida ishtirok etishadi
photo: MOQ

Badiiy gimnastikachilarimiz litsenzion jahon chempionatida ishtirok etishadi

12-16-avgust kunlari Germaniyaning Frankfurt shahrida badiiy gimnastika boʻyicha navbatdagi jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Dunyoning koʻplab mamlakatlaridan 350 nafarga yaqin eng kuchli sportchilarni oʻzida jamlaydigan musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham ishtirok etishadi.

Ahamiyatlisi, mazkur dunyo birinchiligida Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlarining dastlabki yoʻllanmalari oʻynaladi. Dasturga koʻra, ham yakkalik, ham guruh mashqi dasturlarida dastlabki uch oʻrinni egallagan sportchi va jamoalar Olimpiada litsenziyalariga ega chiqishadi. Dunyo birinchiligida quyidagi 7 nafar sportchimiz sovrinli oʻrinlar va Olimpiada yoʻllanmalari uchun kurash olib borishadi:

Yakkalik:
– Taxmina Ikromova.

Guruh mashqi:
– Evelina Atalyans;
– Mumtoza Isʼhoqzoda;
– Amaliya Mamedova;
– Yasmina Mkrticheva;
– Yuliya Valevataya;
– Tamila Ziganshina.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting