Badiiy gimnastika. Vakillarimiz Jahon chempionati yo'llanmasi uchun bahslarga kirishadi
16-18 may kunlari Singapurda badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionati saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi. 19 mamlakatning eng kuchli vakillari bir platformada o‘smirlar va kattalar o‘rtasidagi musobaqalarda o‘z mahoratlarini namoyish etishadi.
Kattalar gimnastikachilari uchun bu musobaqa ayniqsa ahamiyatlidir, chunki u avgust oyi oxirida Braziliyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etish uchun kvotani qo‘lga kiritish imkoniyatini beradi.

Singapurdagi musobaqada O‘zbekiston terma jamoasini 17 nafar sportchi himoya qiladi:
Shaxsiy mashqlar:
Kattalar: Taxmina Ikromova, Anastasiya Sarantseva, Natalya Usova.
Yoshlar: Viktoriya Nikiforova, Sofiya Usova.
Guruh mashqlari:
Kattalar: Mumtoza Ishoqzoda, Irodaxon Sadikova, Evelina Ataliants, Amaliya Mamedova, Adelya Fayzulina, Maftuna Zairova.
Yoshlar: Alana Xafizova, Milana Safina, Kristina Shin, Yasemin Yaxlakova, Yosina Djuraeva, Zamira Xvalcheva.