Badiiy Gimnastika. Sofia Cup. Terma jamoamiz jamoaviy bahslarda bronza va kumush medallarini qo’lga kiritdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Google
Badiiy gimnastika bo’yicha Bolgariya davlatida bo’lib o’tayotgan Sofia Cup turnirida O’zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etmoqda.
Aleksiya Kiseleva va Mayya Filippova murabbiylik qilayotgan qizlarimiz jamoaviy bahslarda ikki bor shohsupaga ko’tarildi. Kristina Shin, Alana Xafizova, Milana Safina, Safiya Po‘latova, Jasmin Yaxlakova va Yosina Jo‘rayevalar avval ko’pkurashda bronza medalini qo’lga kiritishgan bo’lsa, keyinroq 5ta juftlik bilan kumush medallariga ega chiqishdi.

Eslatib o’tamiz, musobaqa davom etmoqda va Sofiya Usova, Leysan Kuzmenko hamda Viktoriya Nikiforovalar yakka chiqishlar bo’yicha ishtirok etib, o’zlarini sinovdan o’tkazib ko’rishadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor