locale OZ

Badiiy gimnastika. Lola Jo'rayeva Bakuda kumush medalni qo'lga kiritdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Badiiy gimnastika. Lola Jo'rayeva Bakuda kumush medalni qo'lga kiritdi
PHOTO: Telegram

Shu kunlarda Boku shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Yevropa kubogi bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Taniqli sportchilar bilan birga o‘zbekistonlik gimnastikachilar Lola Jo‘rayeva va Mishel Nesterovalar ham chiqish qilmoqda. Birinchi kun dasturida ikkita yo‘nalish bo‘yicha final bahslari o‘rin olgan bo‘lib, yakunda Inara Zbrodina-Sattorova shogirdi Lola Jo‘rayeva to‘p bilan o‘ynash bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Uning ko‘rsatkichi Olimpiya o‘yinlari sovrindori va ko‘p karra jahon chempioni Sofiya Raffayeli olgan balldan biroz pastroq. Muvaffaqiyatingiz bilan tabriklaymiz va qizlarimizga yanada muvaffaqiyatlar tilaymiz.


Final. To'p.
1-o‘rin – Sofiya Raffaeli, Italiya – 27.900
2-o‘rin – Lola Jo‘raeva, O‘zbekiston – 27.550
3-o‘rin – Taisiya Onofriychuk, Ukraina – 27,450

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting