locale OZ

Badiiy gimnastika bo‘yicha “Viloyat hokimi olimpiadasi” musobaqasi o‘tkazildi

Bellashuvlar davomida yosh gimnastikachilar o‘zlarining yuksak mahorati, nafis va jozibador chiqishlari, shuningdek, sportga bo‘lgan qat’iyati hamda intilishlarini namoyon etdilar.
Boshqa sport turlari
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
  Badiiy gimnastika bo‘yicha “Viloyat hokimi olimpiadasi” musobaqasi o‘tkazildi
photo: gimnastika Uzbekistan

Navoiyda “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari dasturi doirasida badiiy gimnastika sport turi bo‘yicha “Navoiy viloyati hokimi olimpiadasi” musobaqalari yuqori saviyada tashkil etildi.

Musobaqalar Navoiy viloyati Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatning barcha shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan iqtidorli hamda istiqbolli sportchilar o‘zaro kuch sinashdilar.

Bellashuvlar davomida yosh gimnastikachilar o‘zlarining yuksak mahorati, nafis va jozibador chiqishlari, shuningdek, sportga bo‘lgan qat’iyati hamda intilishlarini namoyon etdilar. Musobaqalar qizg‘in va murosasiz kurashlar ostida kechib, ishtirokchilarning har biri munosib natijalarga erishish yo‘lida bor salohiyatini ishga soldi.

G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida Navoiy viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i Jasur Murtozayev, MOQ Navoiy viloyati ijrochi direktori Farhod Rahmonov hamda maktab direktorlari va soha mutasaddilari ishtirok etib, sportchilarni respublika bosqichidagi bahslarda omad va zafarlar tiladilar. Bellashuvlar yakuniga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlandi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting