locale OZ

BAAning Fujayra shahrida CSI 3* 145 sm da xalqaro ot sporti muasobaqasi bo‘lib o‘tdi

Musobaqada dunyoning yetakchi sportchilari ishtirok etdi va O‘zbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli qatnashdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
BAAning Fujayra shahrida CSI 3* 145 sm da xalqaro ot sporti muasobaqasi bo‘lib o‘tdi
photo: Ot sporti Uzbekistan

2025 yil 20–23 noyabr kunlari BAAning Fujayra shahrida CSI 3* 145 sm da xalqaro ot sporti musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning yetakchi sportchilari ishtirok etdi va O‘zbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli qatnashdi.

Musobaqada sportchimiz Kurbanov Bekzod o‘zining Matss VG ot bilan ishtirok etib, jahon maydonida yuqori natija ko‘rsatdi va 5-o‘rinni egalladi. Ushbu natija nafaqat sportchimiz uchun, balki O‘zbekiston ot sporti federatsiyasi uchun ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish yo‘lida navbatdagi qadam hisoblanadi.

O‘zbekiston Ot sporti federatsiyasi Kurbanov Bekzod va uning murabbiylarini ushbu yutuq bilan tabriklaydi hamda kelgusidagi xalqaro startlarda muvaffaqiyatlar tilaydi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting