locale OZ

BAAdagi musobaqalarning ikkinchi kunida Oʻzbekiston suzish terma jamoasi uchta medalga sazovor boʻldi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
BAAdagi musobaqalarning ikkinchi kunida Oʻzbekiston suzish terma jamoasi uchta medalga sazovor boʻldi
BAAdagi musobaqalarning ikkinchi kunida Oʻzbekiston suzish terma jamoasi uchta medalga sazovor boʻldi

Birlashtirilgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida suv sporti boʻyicha ochiq chempionat doirasida suzish musobaqalari boʻlib oʻtmoqda. Turnir 18 apreldan 20 aprelgacha davom etadi. Musobaqaning ikkinchi kunida Oʻzbekiston vakillari jamoa hisobiga yana uchta medal qoʻshishdi.

Oʻzbekistonlik sportchilarning ikkinchi kun medallari:
Oltin
50 m batterflyay — Mixail Kleshko (24.20)
Kumush
100 m bras — Iskandar Sadullayev (1:04.94)
50 m erkin usul — Mixail Kleshko (23.13)

Eslatib oʻtamiz, musobaqalarning birinchi kunida Mixail Kleshko 50 metrga spina suzish boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritgan va 26.43 soniyalik natija qayd etgan edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting