locale OZ

Azizjon Kamilov Xalqaro dzyudo federatsiyasida ikki muhim lavozimni egalladi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Azizjon Kamilov Xalqaro dzyudo federatsiyasida ikki muhim lavozimni egalladi
Rasm: Olamsport.uz

11 iyun kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF)ning navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston sport jamoatchiligi uchun muhim yangilik — mamlakatimiz dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov mazkur Kongressda IJF’ning oliy boshqaruv organi — Ijroiya qo‘mitasi a’zosi, shuningdek, IJF Ta’lim direktori (Education Director) lavozimiga saylandi.

Ayni paytda Osiyo dzyudo ittifoqi vitse-prezidenti sifatida ham faoliyat yuritib kelayotgan Kamilov endi xalqaro miqyosda dzyudo sohasida ta’lim islohotlari — murabbiylar, hakamlar va ma’muriy mutaxassislar tayyorlash, kadrlar salohiyatini oshirish borasidagi muhim yo‘nalishlarga mas’ul bo‘ladi.

Shuningdek, u Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer bilan hamkorlikda dzyudoni olimpiya sport turlari qatoridagi mavqeini yanada mustahkamlash uchun harakat qiladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting