locale OZ

Azizjon Kamilov Qozog‘istonda mashg‘ulot o‘tkazayotgan terma jamoamiz bilan muloqot qildi

O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari Qozog‘istonning Almati shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Azizjon Kamilov Qozog‘istonda mashg‘ulot o‘tkazayotgan terma jamoamiz bilan muloqot qildi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Azizjon Kamilov Qozog‘istonda mashg‘ulot o‘tkazayotgan terma jamoamiz bilan muloqot qildi

Ma’lumki, shu kunlarda O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari Qozog‘istonning Almati shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda.

Dunyoning o‘ttizdan ortiq davlatidan kelgan yetti yuz nafarga yaqin dzyudochi qatnashayotgan ushbu katta masshtabdagi yig‘in ishtirokchilar uchun Osiyo o‘yinlari hamda jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beryapti. Dunyoning eng kuchli sportchilari bilan har kuni bir tatamida ishlash imkoniyati nafaqat mashg‘ulot jarayoni sifatini oshirish, balki qimmatli musobaqa amaliyotiga ega bo‘lish imkonini ham beradi.

Yilning bu ikki musobaqasi dzyudochilarimiz uchun juda ham muhim hisoblanadi. Shu maqsadda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov ZOOM platformasi orqali terma jamoamiz a’zolari bilan suhbatlashdi, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Murabbiylar o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini, musobaqaga olib borilgan tayyorgarlik, ko‘plab Olimpiada va jahon chempionlari ishtirokida o‘tkazilayotgan xalqaro yig‘inning foydali jihatlari haqida to‘liq hisobot berib, dzyudochilarimizning har biri bo‘yicha alohida ma’lumot taqdim etishdi.

Yig‘inning har bir kunidan unumli foydalanib, Osiyo o‘yinlari va jahon chempionatiga eng yaxshi formada yetib borish asosiy vazifa hisoblanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting