Azizjon Kamilov Osiyo chempionati qahramonlari bilan uchrashdi
Xabaringiz bor, 16-19 iyul kunlari Iordaniya poytaxti Amman shahrida o‘mmirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu qit’a birinchiligida Aurelio Chiprian-Flis bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoalari muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etgan edi.
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov har ikki terma jamoamiz a’zolari bilan uchrashdi. Bir piyola choy ustida tashkil etilgan uchrashuvda Azizjon Yakubjanovich murabbiylar shtabi, shifokorlar va dzyudochilarga minnatdorlik bildirdi.
Federatsiya raisi yilning asosiy musobaqasi hisoblangan Jahon chempionatida ham munosib tarzda qatnashib, 2026 yilgi mavsumni yuqori notada yakunlash ustuvor vazifa ekanini urg‘uladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari umumiy hisobda 18 ta oltin, 6 ta kumush, 11 ta bronza, jami 35 ta medal bilan Osiyoning 20 davlati orasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan edi.