Azizjon Kamilov murabbiylar shtabi hamda kattalar terma jamoasi bilan uchrashdi
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi uchrashuv chog'ida sportchilarning Slovakiyadagi xalqaro yig‘in hamda Pragada bo‘lib o‘tadigan Yevropa kubogiga tayyorgarlik holatini muhokama qildi.
Davlat Bobonovning qaytishi alohida mavzu bo‘ldi: so'nggi bor Olimpiya o‘yinlarida tatamida ko'rinish bergan tajribali dzyudochimiz jarohatidan keyin yana xalqaro musobaqalarda qatnashishga tayyor. Alisher Yusupov bilan birgalikda u Valensiya va Yaponiyada individual tayyorgarlikdan o‘tdi.
Shu bilan birga, Federatsiya rahbari muammoli masalalarni ham chetlab o‘tmadi. U terma jamoamizni keskin tanqid qilib, aynan bosh jamoa mamlakatning xalqaro maydondagi yuzi ekanini ta’kidladi. Kadetlar va yoshlar terma jamoalarining jahon va Osiyo chempionatlaridagi zafarli g‘alabalari o‘zbek dzyudosining haqiqiy yuzini yaqqol namoyon etdi. Endi terma jamoa bu yuksak maqomni tasdiqlashi shart.
Uchrashuv yakunida Azizjon Kamilov murabbiylar va sportchilardan maksimal darajada diqqatni jamlashni, bor kuchini berishni talab qildi hamda O‘zbekiston terma jamoasining musobaqalarda o‘rtamiyona qatnashishga haqqi yo‘qligini ta’kidladi. Xalqaro tatamilarda jamoa faqat eng yuqori darajani ko‘rsatishi va g‘alaba uchun oxirigacha kurashishi kerakligini urg'uladi.