locale OZ

Azizjon Kamilov jahon chempionatida ishtirok etadigan qizlarimiz bilan uchrashdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Azizjon Kamilov jahon chempionatida ishtirok etadigan qizlarimiz bilan uchrashdi
PHOTO: Telegram

O‘zbekiston ayollar terma jamoasining poytaxt viloyatining Dukent shaharchasida o‘tkazgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini yakuniga yetdi.

Bugun O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov Toshkentga qaytgan dzyudochi qizlarimiz bilan uchrashdi. Budapesht shahri mezbonlik qiladigan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida 11 nafar qizlarimiz (ikki nafari aralash jamoaviy bahslarda) yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Azizjon Kamilov dzyudochilarimiz bilan suhbatda jahon chempionati har bir sportchiga o‘zini ko‘rsatish uchun muhim musobaqa ekani, qo‘lga kiritilajak ijobiy natija dzyudochining kelgusi faoliyatidan tubdan o‘zgartirib yuborishini alohida ta’kidladi.

O‘z o‘rnida dzyudochi qizlarimiz ham mashg‘ulotlarda astoydil mehnat qilayotganlari, jahon chempionatida yaxshi natija uchun bor kuch va imkoniyatlarini ishga solishlarini aytishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting