locale OZ

Azizjon Kamilov Islom Birdamligi o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan dzyudochilarimiz bilan uchrashdi

Turnir 7-21 noyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo'ladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Azizjon Kamilov Islom Birdamligi o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan dzyudochilarimiz bilan uchrashdi
photo: Judo Uzbekistan

7-21 noyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahri mezbonlik qiladigan ushbu turnir dasturidan dzyudo bellashuvlari ham o‘rin olgan.

Bugun O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov yilning asosiy musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan terma jamoamiz a’zolari bilan uchrashdi. Tadbirda terma jamoalarimiz bosh murabbiylari Aleksey Budolin, Andrey Shturbabin, terma jamoalar menejeri Eldor Qahhorov, shifokorimiz Aziz Qayumov va dzyudochilar ishtirok etdi. Azizjon Kamilov Ar-Riyodga yo‘l oladigan terma jamoaning har bir dzyudochisi bilan alohida suhbatlashdi. Sportchilarning salomatligi, startga tayyorgarligi bilan qiziqib, g‘alaba uchun har bir detal - sog‘liq, kayfiyat, ishonch va jamoaviy birlik muhimligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, uch yil avval Turkiyaning Konya shahrida o‘tkazilgan Islom Birdamligi o‘yinlarida dzyudochilarimiz 6 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza, jami 13 ta medal bilan 56 ishtirokchi davlat orasida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallagan edi. Federatsiya raisi bu galgi natijalar avvalgisidan kam bo‘lmasligi kerakligini alohida urg‘uladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting