Azizjon Kamilov Dukentda mashg‘ulot o‘tkazayotgan terma jamoa bilan uchrashdi
Shu kunlarda O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari Toshkent viloyatining Dukent shaharchasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazmoqda.
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov shaxsan sharoitlar bilan tanishish, dzyudochilar bilan yuzma-yuz suhbatlashish maqsadida Dukentga bordi. Azizjon Yakubjanovich ayollar va erkaklar terma jamoamiz a’zolari bilan alohida uchrashdi va muloqot qildi.
O‘z o‘rnida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi psixologi Lola Agzamova uchrashuv davomida har bir dzyudochi bilan alohida suhbat o‘tkazdi.
Xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rayotgan terma jamoa a’zolari bilan o‘tkazilgan bu uchrashuvlar juda muhim hisoblanadi. Boisi, sportchi hech narsani o‘ylamagan holda, bor e’tiborini faqat musobaqaga tayyorgarlikka qaratish lozim.