locale OZ

Azizjon Kamilov Buxoro Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo‘ldi

Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bilan yaqindan tanishildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Azizjon Kamilov Buxoro Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo‘ldi
photo: judouz

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi, Osiyo dzyudo ittifoqi (JUA) vitse-prezidenti Azizjon Kamilov Buxoro viloyatiga safari doirasida Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bilan yaqindan tanishdi.

Viloyatlarda mavjud infratuzilmani yanada yaxshilashga asosiy e’tiborini qaratayotgan federatsiya rahbari sport dargohida sportchi-o‘quvchilar va alohida dzyudochilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Markazning dzyudo bo‘limida tahsil olayotgan yosh dzyudochilar hamda ularning murabbiylari bilan suhbatlashdi.

Sir emas, bugungi kunda Buxoro hududlar orasida dzyudosi rivojlangan, mahalliy va xalqaro musobaqalardagi natijalari aytishga arzigulik, barcha yosh toifalarida terma jamoalarga munosib nomzodlarni yetkazib berayotgan viloyat hisoblanadi. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida shug‘ullanayotgan bolalar orasida ham o‘zbek dzyudosining ertangi avlodi borligi ishonamiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting