locale OZ

Aziz Tashpulatov O‘zbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi raisi etib saylandi

Shuningdek, rahbariyat tarkibi to‘liq shakllantirib olindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Aziz Tashpulatov O‘zbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi raisi etib saylandi
Фото: Olympic.uz

Bugun O‘zbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasining navbatdan tashqari hisobot saylov-konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Ichki ishlar vazirligi, Sport vazirligi, MOQ rahbariyati va soha mutasaddilari ishtirok etishdi.

Konferensiya davomida assotsiatsiya rahbariyati qayta shakllantirilib, yaqin davr uchun ustuvor rejalar muhokama qilindi. Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Aziz Tashpulatovning mamlakat voleybol federatsiyasi rahbari sifatidagi muvaffaqiyatli faoliyati inobatga olinib, uning nomzodi O‘zbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi raisi lavozimiga ilgari surildi. Nomzodlar ushbu taklifni bir ovozdan maʼqullashdi va Aziz Anvarovich O‘zbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi raisi etib saylandi.

Shuningdek, assotsiatsiya raisining o‘rinbosarlari, bosh kotib va ijrochi direktorlar ham saylanib, rahbariyat tarkibi to‘liq shakllantirib olindi.

Tadbirda so‘z olgan rasmiylar assotsiatsiya rahbariyatini masʼuliyatli lavozim bilan qutlab, sharafli vazifalarini amalga oshirishlari yo‘lida omad va muvaffaqiyatlar tilashdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting