locale OZ

Aytjan Khalmakhanov Toshkentda bo‘lib o‘tadigan PWL-11 musobaqasida Olimpiya chempioni Luis Orta Sanchesga qarshi bahs olib borishga yaqin turibdi

Agar kelishuv yakuniga yetkazilsa, PWL-11 turniri eng tomoshabop va muhim kurashlardan biriga sahna bo‘ladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Aytjan Khalmakhanov Toshkentda bo‘lib o‘tadigan PWL-11 musobaqasida Olimpiya chempioni Luis Orta Sanchesga qarshi bahs olib borishga yaqin turibdi
photo: Kurash Uzbekistan

O‘zbekistonlik taniqli kurashchi Aytjan Khalmakhanov Toshkentda bo‘lib o‘tadigan PWL-11 musobaqasida Olimpiya chempioni Luis Orta Sanchesga qarshi bahs olib borishga yaqin turibdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kurash bo‘yicha tomonlar o‘rtasida kelishuv deyarli 80 foizga yetgan. Hozirda faqatgina bir nechta hujjatlar imzolanishi qolgan bo‘lib, ular rasman tasdiqlansa, ikki nomdor sportchi Toshkent gilamida to‘qnash keladi.

Ta’kidlash joiz, Luis Orta Sanches — Tokyo-2020 Olimpiya o‘yinlari g‘olibi hamda 2023 yil Jahon chempioni, Kuba terma jamoasining yetakchi a’zolaridan biri hisoblanadi. Aytjan Khalmakhanov esa ushbu tarixiy bahsni o‘z yurtida, muxlislar qarshisida o‘tkazishi kutilmoqda.

Bu haqda PWL tashkiloti a’zolaridan biri norasmiy tarzda ma’lum qildi. Agar kelishuv yakuniga yetkazilsa, PWL-11 turniri eng tomoshabop va muhim kurashlardan biriga sahna bo‘ladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting