Aymuratov va Qodirov jahon chempionatida keyingi bosqichga chiqdi
O‘zbekistonlik qilichbozlar saralashda g‘alaba qozonib, medallar uchun kurashni davom ettiradi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz
Tbilisi shahrida o‘tayotgan qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionati qizg‘in pallaga kirdi. Musobaqa dasturiga muvofiq, bugun O‘zbekiston terma jamoasi vakillari shamshir va rapira yo‘nalishlarida ringga chiqadi.
24 iyul kuni yakunlangan saralash bosqichida Musa Aymuratov va Zuxriddin Qodirov muvaffaqiyatli ishtirok etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Ular 1/32 finaldan o‘z ishtirokini boshlaydi. Aymuratovning raqibi fransiyalik sportchi Maksim Pyanfetti bo‘lsa, Qodirov vengriyalik tajribali sportchi Andrash Zatmariga qarshi bahs olib boradi.
Bundan tashqari, bugun o‘zbekistonlik shpajist qizlar ham jamoaviy bahslarda ishtirok etadi. Ular 1/16 finalda Shveytsariya termasiga qarshi jang qiladi.
Bakradze Iman
Redaktor