locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Avazjon Karimov Toshkent shahar dzyudo federatsiyasi raisi etib saylandi

Boshqa sport turlari 05 iyn 2025 da 18:26
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Avazjon Karimov Toshkent shahar dzyudo federatsiyasi raisi etib saylandi
PHOTO: Telegram

Bugun Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Sport vaziri oʻrinbosari A.Karimov, Dzyudo federatsiyasi raisi A.Kamilov, sport boshqarmasi boshligʻi B.Ubaydullayev, markaz direktori A.Mamadaliyev, sport maktab direktorlari, trenerlar hamda mutasaddi tashkilotlar ishtirokida navbatdagi yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻlishda 2028 yilda Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga puxta tayyorgarlik koʻrish, hamda dzyudo sportini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shundan soʻng tashkiliy masala koʻrib chiqilib Dzyudo federatsiyasi Toshkent shahar bo'limi raisi lavozimiga Sport vazirining oʻrinbosari Karimov Avazjon Qudratullayevich nomzodi ilgari surildi.

Ishtirokchilar nomzodni bir ovozdan maʼqullashdi va A.Karimov Dzyudo federatsiyasi Toshkent shahar boʻlimi raisi lavozimiga saylandi.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting