locale OZ

ATF Championship 31: Namangan yana bir bor xalqaro sport markaziga aylandi

Bu haqda Namangan viloyati sport  boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
ATF Championship 31: Namangan yana bir bor xalqaro sport markaziga aylandi
Фото: Наманган вилояти спорт бошқармаси

65-Xalqaro Gullar festivali doirasida Namangan shahri navbatdagi yirik sport tadbiriga mezbonlik qildi. "Afsonalar vodiysi" tematik parkida tashkil etilgan sportning aralash jang san’atlari (MMA) bo‘yicha nufuzli ATF Championship 31 xalqaro turniri minglab sport ixlosmandlarini bir maydonga jamladi.

Musobaqada O‘zbekiston hamda MDH davlatlarining professional sportchilari ishtirok etib, muxlislarga murosasiz va qiziqarli janglarni taqdim etdi. Turnir nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyodagi MMA ishqibozlarining e’tiborini Namanganga qaratdi.

Nufuzli sport tadbirida ishtirok etgan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov yig‘ilganlarni 65-Xalqaro Gullar festivalining yubileyi bilan samimiy qutlab, musobaqa qatnashchilariga omad va zafarlar tiladi. Ta’kidlanganidek, bunday xalqaro musobaqalar viloyatning sport salohiyatini namoyon etish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb qilish hamda Namanganning xalqaro nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Turnirning markaziy jangida ATF chempionlik kamari uchun o‘zbekistonlik sportchi Shukurjon Abdurahimov va qozog‘istonlik Jasulan Xasimov o‘zaro kuch sinashdi. Murosasiz kechgan bahsda yurtdoshimiz raqibini texnik nokaut evaziga mag‘lub etib, chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting