Aston Martin 2026 yilgi mavsum uchun yangi liboslarni namoyish etdi (foto)
Formula-1'ning Britaniya vakili hisoblangan Aston Martin jamoasi 2026 yilgi poygalar mavsumi uchun mo‘ljallangan yangi ekipirovkalarni rasman taqdim etdi.


Kelayotgan chempionatda jamoa sharafini o‘zgarishsiz qolgan tarkib — ikki karra jahon chempioni, ispaniyalik faxriy poygachi Fernando Alonso hamda kanadalik Lens Stroll himoya qiladi.
Ortda qolgan 2025 yilgi mavsum jamoa uchun ancha murakkab kechdi. Konstruktorlar kubogida Aston Martin yakuniy jadvalning yettinchi pog‘onasidan joy oldi. Shaxsiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha esa Fernando Alonso kuchli o‘nlikni yakunlab bergan bo‘lsa, Lens Stroll mavsumni 16-o‘rinda yakunladi.
E’tiborli jihati shundaki, jamoaning kelajakdagi natijalaridan umid katta. Avvalroq Aston Martin rahbari lavozimiga tayinlangan afsonaviy britaniyalik konstruktor Adrian Nyui jamoa oldiga qo‘yilgan strategik vazifalar haqida to‘xtalib o‘tgan edi. Mutaxassisning tajribasi va yangi texnik reglament 2026 yilgi mavsumda jamoani yetakchilar safiga qaytarishi kutilmoqda.