locale OZ

Astana Gran-prisi. Uljon Amriyeva hisobida oltin! Terma jamoamiz musobaqani beshta medal bilan yakunladi

Qozog‘istonning Astana shahri mezbonlik qilgan para dzyudo bo‘yicha "2026 IBSA Grand Prix Astana" xalqaro turniri o‘z nihoyasiga yetdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Astana Gran-prisi. Uljon Amriyeva hisobida oltin! Terma jamoamiz musobaqani beshta medal bilan yakunladi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Qozog‘istonning Astana shahri mezbonlik qilgan para dzyudo bo‘yicha "2026 IBSA Grand Prix Astana" xalqaro turniri o‘z nihoyasiga yetdi. Turnirda dunyoning 24 ta mamlakatidan kelgan 140 nafar atletlar o‘zaro bahs olib borishdi.

Gran-prining ikkinchi kungi bellashuvlarida vakillarimiz 1 ta oltin va 2 ta bronza medallariga ega chiqdi. Uljon Amriyeva o‘z vazn toifasidagi barcha raqiblaridan ustun kelgan bo‘lsa, Feruza Ergasheva hamda Mohinur Parmonova hisobimizga bronza medallarini taqdim etdi.

Ayollar (J1 klassi, 60 kg):

1.Uljon Amriyeva (O‘zbekiston)
2.Karolin Duarte (Braziliya)
3.Larissa Silva (Braziliya)
3.Merve Uslu Xejebipur (Turkiya).

Ayollar (J1 klassi, +70 kg):

1.Erika Zoaga (Braziliya)
2.Milena de Freytas (Braziliya)
3.Feruza Ergasheva (O‘zbekiston)
3.Aktolkin Seilbekova (Qozog‘iston).

Ayollar (J2 klassi, +70 kg):

1.Rebeka Silva (Braziliya)
2.Zarina Raifova (Qozog‘iston)
3.Mohinur Parmonova (O‘zbekiston)
3.Meg Emmerich (Braziliya).

Shu tariqa, vakillarimiz "Astana Gran-prisi"ni 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 5 ta medal bilan umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘rinda yakunlashdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting