locale OZ

Aslamjon Ortiqov Bangkokda raqibini nokaut qildi

O‘zbekistonlik muay-tay jangchisi prof faoliyatidagi sakkizinchi g‘alabasini Tailandda qayd etdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: boxing.uz

Tailand poytaxti Bangkok shahrida ONE Friday Fights 114 turniri doirasida muay-tay jangi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘ta engil vazn toifasida raqobat olib borayotgan o‘zbekistonlik Aslamjon Ortiqov navbatdagi jangini o‘tkazdi.

U mezbon mamlakat vakili Petsukumvit Boy Bangnaga qarshi ringga chiqdi va uchinchi raundda uni ta’sirli zarba bilan nokautga uchratdi. Shu tariqa, Ortiqov professional faoliyatidagi 8-jangida ham g‘alaba qozondi. Uning to‘rtta g‘alabasi muddatidan oldin yakunlangan.

Tailandlik Bangna uchun esa bu to‘qnashuv beshinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. Uning hisobida to‘rtta g‘alaba bor.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting