Asilbek Yusupov 1st Weighlifting challange musobaqasi sovrindoriga aylandi
Eron Islom Respublikasining Babolsar shahrida harbiy sportchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan birinchi chellenj musobaqaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ma’lumot uchun, mazkur musobaqa 6-noyabr sanasiga qadar davom etishi belgilangan bo‘lib, unda O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etmoqda.
Bugun ikki nafar vakilimiz – -60 kg vazn toifasida Asilbek Yusupov hamda -65 kg vazn toifasida Diyorbek Odilov sovrinli o‘rinlar uchun bahslarga kirishdi.
Asilbek Yusupov “1st Weighlifting challange” musobaqasi sovrindoriga aylandi.
Iste’dodli yosh polvonimiz -60 kg vazn toifasida o’tkazilgan bellashuvlarda shohsupaning uchunchi pog’onasidan joy oldi. Asilbek siltab ko’tarishda 131, 137 hamda 142 kg og’irlikdagi toshni muvaffaqiyatli ko’tardi hamda ikki kurash yakuniga ko’ra 248 kg og’irlikni zabt etib, 2 ta bronza medalini qo’lga kiritdi