Asila Mirzayorova nomzodi Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi Atletlar komissiyasi a’zoligiga ilgari surildi
Asila Mirzayorova nomzodi Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi Atletlar komissiyasi a’zoligiga ilgari surildi
Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi (APC) Aichi-Nagoya 2026 Para Osiyo o‘yinlari davomida saylanadigan Atletlar komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni e’lon qildi. Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi Ijroiya kengashi tarkibidagi Atletlar komissiyasi a’zoligiga 2026–2030-yillar uchun jami 10 nafar nomzod ko‘rsatildi. Ahamiyatlisi, undan para yengil atletika bo'yicha milliy terma jamoamiz a'zosi Asila Mirzayorova nomzodi o'rin oldi
Atletlar komissiyasi a’zoligiga nomzodlar:
Alxateri Salama (Birlashgan Arab Amirliklari) — para velosport;
Al-Madxuri Zainalubdin (Iroq) — para qilichbozlik;
Amimoto Mari (Yaponiya) — aravachada basketbol;
Ilyasov Siyovush (Tojikiston) — para velosport;
Javanmardi Sareh (Eron Islom Respublikasi) — para o‘q otish;
Xattab Abdelkarim (Iordaniya) — para pauerlifting;
Mirzayorova Asila (O‘zbekiston) — para yengil atletika;
Von Yumin (Koreya) — aravachada regbi;
Yu Chui Yee (Gonkong) — para qilichbozlik;
Jao Shuai (Xitoy) — para stol tennisi.
Atletlar komissiyasi saylovi 18–23-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Aichi-Nagoya 2026 Para Osiyo o‘yinlari davomida o‘tkaziladi.