locale OZ

Asia Auto Gymkhana Championship 2026 1-bosqichi yakunlari: O‘zbekiston 3-o‘rinda

Сhempionatning 2-bosqichi joriy yil sentyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Asia Auto Gymkhana Championship 2026 1-bosqichi yakunlari: O‘zbekiston 3-o‘rinda
Фото: Спорт вазирлиги

Qozog‘iston Respublikasidagi STK “Sokol” avtosport majmuasida Asia Auto Gymkhana Championship 2026 musobaqasining 1-bosqichi yakunlandi. Unda mintaqaning yetakchi sportchilari ishtirok etdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi quyidagi natijalarni qayd etdi:

Mix Double — 6-o‘rin

Male Solo:
Alim Ahmadjanov — 4-o‘rin
Dilshod Yusupov — 6-o‘rin

Female Solo:
Samina Ahmadjanova — 6-o‘rin
Sabina Yusupova — 8-o‘rin

Double Female — 3-o‘rin
Male Double — 2-o‘rin

Umumiy hisobda 30 ochko jamg‘argan O‘zbekiston terma jamoasi 3-o‘rinni egalladi. Birinchi va ikkinchi o‘rinlarni mos ravishda Qirg‘iziston (62 ochko) hamda Qozog‘iston (32 ochko) terma jamoalari qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, O‘zbekiston jamoasi Gonkong (Xitoy), Hindiston, Malayziya va Xitoy Taypeyi jamoalaridan ustun keldi.

Ma’lumot uchun, chempionatning 2-bosqichi joriy yil sentyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting