locale OZ

Asean track series ikkinchi bosqichi biz uchun medallar bilan davom etmoqda

Xususan ayollar o'rtasida o'tgan "scratch" dasturida Nafosat Koziyeva bronza medalini qo'lga kiritdi. Birinchi o'rin xitoylik sportchiga nasib etgan bo'lsa, mezbonlar vakili ikkinchi bo'ldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Asean track series ikkinchi bosqichi biz uchun medallar bilan davom etmoqda
photo: velosport Uzbekistan

Avval xabar berganimizdek, 🇲🇾Malayziyaning Nilai shahrida velosportning trek yo'nalishi bo'yicha "ASEAN TRACK SERIES (PRESIDENT CUP)" musobaqasi bo'lib o'tmoqda. 10-11 yanvar kunlari o'tayotgan ikkinchi bosqichni medallar bilan boshladik.

Xususan ayollar o'rtasida o'tgan "scratch" dasturida Nafosat Koziyeva bronza medalini qo'lga kiritdi. Birinchi o'rin xitoylik sportchiga nasib etgan bo'lsa, mezbonlar vakili ikkinchi bo'ldi.

Nafosat bu bilan to'xtab qolmadi. Navbatdagi dasturda hamyurtimiz yanada yaxshiroq natija qayd etdi va "Elemenation"da kumush medalini qo'lga kiritdi. Bu yo'nalishda malayziyalik sportchi kichik farq bilan birinchi o'rinni egalladi. Shu tariqa, Nafosat Koziyeva davom etayotgan "ASEAN TRACK SERIES" musobaqasida O'zbekiston terma jamoasi uchun uchinchi medalni keltirmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting