locale OZ

Artur Yunusov: «Hali ko‘p jihatlar ustida ishlashimiz kerak»

Jamoa bosh murabbiyi Artur Yunusov o‘z fikrlarini bildirdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Artur Yunusov: «Hali ko‘p jihatlar ustida ishlashimiz kerak»
Фото: Сайхун ПФК

«Sayxun» jamoamiz mavsumning 1-turini yaxshi o‘tkazib, 6 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Ortda qolgan ilk turdan so‘ng 4-o‘rinni egallagan. Yakuniga yetgan 1-turdan keyin jamoa bosh murabbiyi Artur Yunusov o‘z fikrlarini bildirdi.

«Chempionatning boshlanishi juda qiziqarli o‘tmoqda. Tomosha qilganda bir nafasda ko‘riladigan ko‘plab o‘yinlar bo‘ldi. Barcha jamoalar so‘nggi soniyaga qadar kurash olib borishdi, kutilmagan natijalar ham ko‘p bo‘ldi. O‘ylaymanki, oldinda bizni hali ko‘plab qiziqarli va shiddatli uchrashuvlar kutmoqda.

Jamoamiz haqida aytadigan bo‘lsam, hali ko‘p jihatlar ustida ishlashimiz kerak. O‘ylaymanki, yigitlar bir-birlariga moslashib, o‘zaro tushunishni yo‘lga qo‘yishlari uchun vaqt kerak. Bu nafaqat maydondagi o‘yinda, balki kundalik hayotda ham bir-birini yaxshi tushunish va jamoa bo‘lib shakllanish uchun muhim», — dedi Yunusov.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting