locale OZ

Arslonbek Tojiyev ikki karra Olimpiada chempionini mag'lub etdi!

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Vengriyaning Budapesht shahrida davom etayotgan dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida yurtdoshimiz Arslonbek Tojiyev chinakam sensatsiyaga imzo chekdi.

-81 kg vazn toifasida bellashayotgan Tojiyev musobaqaning ikkinchi bosqichida dzyudo olamida afsonaga aylangan yaponiyalik Takanore Nagaseni dramatik tarzda mag'lub etdi. Bellashuv 8 daqiqa davom etdi va qattiq kurashlarga boy bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Nagase — ikki karra Olimpiada chempioni, Olimpiya o'yinlari sovrindori, uch karra jahon chempioni va ikki karra jahon chempionati bronza medali sohibi hisoblanadi. Uning kabi dzyudochini mag'lub etish — juda katta yutuq.

Endilikda Arslonbek Tojiyev 1/8 finalda misrlik Abdelrahman Abdelganiga qarshi tatamiga chiqadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting