«Arsenal» Endrikni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin
Madridning «Real» klubi hujumchisi Endrik hamon Londonning «Arsenal» klubi qiziqish doirasida qolmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, «Arsenal» vakillari braziliyalik futbolchining «Real»dagi vaziyatini diqqat bilan kuzatib borishmoqda. Endrik Madrid klubida yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani yo‘q. Shu sababli 20 yoshli hujumchi jamoasini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, agar «Arsenal» hujumchisi Viktor Dyoekeresh jamoadan ketsa, Endrik londonliklar uchun asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylanadi. «Kanonirlar» braziliyalik forvardni jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun munosib nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Endrik 2024-yilda «Palmeiras»dan «Real»ga ko‘chib o‘tgan edi. U Madrid klubi bilan uzoq muddatli shartnomaga ega bo‘lib, amaldagi kelishuv 2030-yil iyun oyining oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Ayni paytda Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, braziliyalik hujumchining transfer qiymati 40 million yevroga baholanmoqda.