locale OZ

Arnasoy tumanida yangi sport maydonchasi foydalanishga topshirildi

Mazkur sport inshooti Sport vazirligining “Tashabbusli sport” ovoz to‘plash loyihasi doirasida qurildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arnasoy tumanida yangi sport maydonchasi foydalanishga topshirildi
Фото: Спорт вазирлиги

Jizzax viloyati, Arnasoy tumanining Cho‘lquvar mahallasi hududida zamonaviy street workout maydonchasi barpo etilib, foydalanishga topshirildi.

Mazkur sport inshooti Sport vazirligining “Tashabbusli sport” ovoz to‘plash loyihasi doirasida qurildi. Ushbu loyihaning amalga oshirilishi natijasida yoshlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.

Endilikda Cho‘lquvar mahallasi aholisi, ayniqsa yoshlar, ushbu maydonchada jismoniy mashg‘ulotlar olib borish, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish hamda o‘z salomatliklarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting