locale OZ

Arman Tsarukyan ehtimoliy raqibini ma'lum qildi: Getjiga qarshi jang qachon bo‘lishi mumkin?

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

UFC yengil vazn toifasida sobiq chempionlik da’vogari Arman Tsarukyan navbatdagi jangini qayerda va kimga qarshi o‘tkazishi mumkinligini ma’lum qildi.

Islam Maxachev bo‘shatgan yengil vazn kamar uchun 29 iyun kuni Iliya Topuriya va Charlz Oliveira jang o‘tkazishi kutilmoqda. Ushbu kardda Tsarukyanning Jastin Getjiga qarshi jang qilishi mantiqan to‘g‘ri bo‘lishini u ta’kidladi.

«Menimcha, raqibim Getji bo‘lishi kerak. Bu adolatli qaror bo‘ladi. Oliveira vaqtinchalik kamar uchun jang qiladi, Porie va Holloway BMF kamarini qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Getjining hozircha jangisiz qolgan – men uchun imkoniyat. Balki, jarohat olganlardan birini almashtirarman. Bu kabi kardda asosiy jangni ko‘tara oladigan mendek nom kerak», — dedi Tsarukyan.

Avvalroq Arman Mateush Gamrotga qarshi revansh taklifini rad etgandi. Ayni vaqtda u grepling bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rmoqda — 31 may kuni Moskvadagi ADXC 10 turnirida Tsarukyan sobiq Bellator chempioni Patriki Freyrega qarshi jang qiladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting