Taekvondo bo‘yicha terma jamoamiz yarim finalda
O‘zbekistonlik yigitlar Universiadada medallar uchun kurashni davom ettiradi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram
Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon yozgi Universiadasida taekvondo bo‘yicha musobaqalar qizg‘in pallaga kirdi. Bugun, 23 iyul kuni WT yo‘nalishidagi jamoaviy dasturda O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi (Ahmedov, Turobov, Mavlonov) 1/8 finalda Turkiyani 2:0 hisobida (24:22, 19:8) mag‘lub etdi.
Chorak finalda esa hamyurtlarimiz Ekvador ustidan ham ishonchli 2:0 (31:12, 27:5) hisobida g‘alaba qozondi.
Endilikda jamoamiz yarim finalda bahs olib boradi va medallar uchun kurashni davom ettiradi.
Bakradze Iman
Redaktor