«Aral» futzalchilari munosib taqdirlandi
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev yangi mavsum oldidan «Aral» futbol jamoasi hamda mamlakat birinchiligida munosib ishtirok etib, bronza medallariga sazovor bo’lgan «Aral QQGaz» futzal jamoasi a’zolari bilan uchrashdi. Uchrashuvda Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov ham ishtirok etdi.
O‘tkazilgan tadbirda Respublika rahbariyati sportchilarga yaratilayotgan sharoitlar, millionlar o’yinini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan qiziqdi. Mamlakat miqyosida o’tkazilayotgan musobaqalarda qoraqalpoq sportchilarining erishayotgan yuqori natijalari hududda o’sib kelayotgan yoshlarni har tomonlama sog’lom, barkamol etib tarbiyalash yo’lida muhim ahamiyat kasb etishi borasida so‘z yuritildi.
Tarbirda ilk marta ishtirok etishiga qaramasdan O‘zbekiston birinchi ligasi musobaqasida munosib ishtirok etib, uchinchi o’rinni egallagan "Aral QQGaz" futzal jamoasi a’zolari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.