locale OZ

Anvar Anvarov Shanxaydagi \"Oltin liga\" bosqichida mavsumdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Anvar Anvarov Shanxaydagi "Oltin liga" bosqichida mavsumdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi
Anvar Anvarov Shanxaydagi "Oltin liga" bosqichida mavsumdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi

Xitoyning Shanxay shahrida yengil atletika bo'yicha "Oltin liga" musobaqasining ikkinchi bosqichi bo'lib o'tdi. Unda O‘zbekiston vakili, Parij–2024 Olimpiadasi ishtirokchisi Anvar Anvarov uzunlikka sakrash bahslarida ishtirok etdi.

24 yoshli Anvarov mavsumdagi eng yaxshi natijasini qayd etib, 7,97 metrga sakradi. Bu ko‘rsatkich unga to‘rtta muvaffaqiyatli urinishdan birida nasib etdi. Beshinchi urinish esa muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Yakunda u oltinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqadagi kutilmagan holatlardan biri — Syamendagi birinchi bosqich g‘olibi Minkum Chjan (8,18 m)ning birinchi urinishdan so‘ng musobaqani tark etishi bo‘ldi. Shunga qaramay, Xitoy sportchilari birinchi ikki o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘lishdi:

– Yuxay Shi (2023 yilgi Osiyo o‘yinlari bronza sohibi) 8,21 metr natija bilan g‘olib bo‘ldi.
– Xen Shu (2023 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempioni) 8,18 metr natija bilan ikkinchi bo‘ldi.
– Yamaykalik Ueyn Pinnok (JCH–2023 va Olimpiada–2024 kumush medal sohibi) 8,10 metr natija bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting