locale OZ

Anvar Anvarov — Osiyo chempioni

Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Anvar Anvarov — Osiyo chempioni
Фото: Спорт вазирлиги

Xitoyning Chunsin shahrida o‘tayotgan yengil atletikaning sakrash turlari bo‘yicha ilk Osiyo chempionatida erkaklar o‘rtasidagi uzunlikka sakrash bahslari yakunlandi.

Musobaqa O‘zbekiston uchun quvonchli natija bilan tugadi. Hamyurtimiz Anvar Anvarov 8.06 metr natija qayd etib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi va Osiyo Chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, Anvar Anvarov uzunlikka sakrash bo‘yicha ushbu tarixiy chempionatning o‘z yo‘nalishida ilk chempioni sifatida nomini tarixga muhrladi.

E’tiborlisi, Anvarov so‘nggi uch kun ichida ketma-ket ikkita yirik xalqaro musobaqada qatnashib, har ikkalisida ham sovrinli natija qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Bu esa uning yuqori sport formasi va barqarorligini yana bir bor namoyon etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting