Anvar Anvarov Budapeshtdagi nufuzli turnirda bronza medalini qoʻlga kiritdi
Uzunlikka sakrashdagi 8,05 metrlik natija sportchimizni shohsupaga olib chiqdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz
Vengriyaning Budapesht shahrida yengil atletika boʻyicha “Gyulai István Memorial – Hungarian Athletics Grand Prix” musobaqasi boʻlib oʻtdi. Butunjahon yengil atletika federatsiyasi taqvimidan oʻrin olgan ushbu “oltin” toifali turnirda hamyurtimiz Anvar Anvarov muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Olimpiada va jahon chempionlari toʻplangan uzunlikka sakrash sektorida Anvarov 8,05 metrlik soʻnggi urinishi bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bu natija unga shohsupa uchinchi pogʻonasini ta’minlab, kelasi oy Tokioda oʻtadigan jahon chempionati yoʻllanmasi uchun qimmatli reyting ochkolarini ham olib keldi.
Bakradze Iman
Redaktor