locale OZ

Anish Giri: «Umid qilamanki, bir kun jahon chempioni bo‘laman»

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Anish Giri: «Umid qilamanki, bir kun jahon chempioni bo‘laman»
Photo: gettyimages

Gollandiyalik grossmeyster Chess.com hujjatli filmida quyidagilarni so‘zlab berdi:

Shaxmatdagi ilk qadamlar haqida:

«Menga juda omadliman. Onam meni yaqin atrofdagi shaxmat klubiga olib bormoqchi edi. Borgan paytimiz klub yopiq ekan, boshqa klubga bordik. U kattaroq, murabbiylar ko‘proq va professionalroq edi. Agar birinchi klub ochiq bo'lganida o'sha klubga kirgan bo'lar edim, balki hech qachon kuchli shaxmatchi bo'lmas edim».

Vishvanatan Anand bilan ishlagan davri haqida:

«2010-yilda Vishi Anand bilan ishlash imkoniyati bo‘ldi. U o‘zining navbatdagi jahon chempionligi bahsiga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. O‘zimcha yaxshi tayyorgarlik ko‘rganman deb o‘ylardim, lekin u mening hamma g‘oyalarimga qarshi g'oyalar bilan javob berganida rivojlanishim uchun hali uzoq yo'l borligini angladim».

Eng katta yutug‘i haqida:

«Hozirgacha eng faxrli yutug‘im — 2023-yilda Tata Steel Chess turniridagi g‘alaba. Bu dunyodagi eng nufuzli turnirlardan biri va u mening mamlakatimda o‘tkaziladi. Men uchun bu go‘yoki xususiy jahon chempionatidek. Umid qilamanki, kelajakda haqiqiy chempionlik unvoni mening eng katta yutug‘im

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting