locale OZ

Andijonlik sportchilar Osiyo chempionatida yuqori natijalar qayd etmoqda

Bu haqda Andijon sport boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijonlik sportchilar Osiyo chempionatida yuqori natijalar qayd etmoqda
Фото: Андижон спорт бошқармаси

Joriy yilning 11–19-may kunlari Indoneziya Respublikasida zamonaviy beshkurash bo‘yicha U-17 va U-19 yosh toifalari o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur nufuzli musobaqada Andijon shahar 2-son sport maktabi o‘quvchilari munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdi.

Xususan, Qahramonova Mehriniso yakkalik bahslarida barcha raqiblarini ortda qoldirib, Osiyo chempioni bo‘ldi hamda oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, jamoaviy bahslarda Yuldasheva Sabina, Qahramonova Mehriniso va Murotaliyeva Muzayyana faxrli 2-o‘rinni egallab, kumush medal sohibalariga aylanishdi.

Ushbu natijalar kelgusida yanada yuksak marralarni zabt etishga mustahkam zamin yaratadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting