Andijonda “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalariga tayyorgarlik ko‘zdan kechirildi
Bugun, 26 iyul kuni Sport vazirligi mas'ul xodimi F.Turdiyev hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasi vakili M.Kuchqorov boshchiligidagi ishchi guruh Andijon viloyatida bo‘lib, “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining navbatdagi hududiy bosqichiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlarini o‘rgandi.
Tashrif doirasida musobaqalar o‘tkazilishi mo‘ljallangan sport inshootlarining texnik holati, sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar, xavfsizlik choralari va infratuzilmaning zamonaviy talablarga mosligi atroflicha ko‘rib chiqildi.
Andijon Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o‘tkazilgan yig‘ilishda hududiy sport rahbarlari, federatsiya va assotsiatsiyalar vakillari ishtirok etib, musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.