locale OZ

Andijonda voleybol musobaqasi o‘tkazildi

Yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijonda voleybol musobaqasi o‘tkazildi
Фото: Спорт вазирлиги

O‘zbekistonda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi va “11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida sportning voleybol turi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Andijon viloyati birlashgan qo‘mitasi hamda Andijon viloyati Sport boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi. Musobaqa sport ta’lim muassasalari xodimlari o‘rtasida sport orqali jamoaviy birdamlikni mustahkamlash, kasaba uyushmalari faoliyatini keng targ‘ib qilish va xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni ta’minlashga qaratildi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra bahslarga boy o‘yinlar yakunida g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:

1-o‘rin — Bo‘ston tumani
2-o‘rin — Izboskan tumani
3-o‘rin — Buloqboshi tumani

Yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting