Andijonda suzish bo‘yicha U-11 va U-13 toifasidagi yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati start oldi
Chempionat yakunlariga ko‘ra g‘olib hamda sovrindorlar munosib taqdirlanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Mazkur musobaqa Andijon shahar 2-son sport maktabining zamonaviy suzish havzasida o‘tkazilmoqda. Unda respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 400 nafardan ortiq iqtidorli yosh suzuvchilar g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib bormoqda.
Musobaqa davomida ishtirokchilar suzishning turli masofalarida o‘z kuch va mahoratlarini sinovdan o‘tkazmoqdalar. Chempionat yakunlariga ko‘ra g‘olib hamda sovrindorlar munosib taqdirlanadi.
Chempionat yosh sportchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning sport mahoratini yanada oshirish hamda kelajakda mamlakatimiz sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qiladigan iste’dodli sportchilarni saralab olishga xizmat qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist