Andijonda sportchilarga bayram sovg‘alari topshirildi
Bayram arafasida yangi sport ekipirovka, formalari topshirildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Андижон спорт бошқармаси
Yurtimizda sportni rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun qulay sharoitlar yaratish borasidagi ishlar doimiy ravishda amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan Andijon viloyatidagi barcha sport ta’lim muassasalari o‘quvchi-sportchilariga bayram arafasida yangi sport ekipirovka, formalari topshirildi.
Mazkur tadbir yosh sportchilarning mashg‘ulotlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.