locale OZ

Andijonda sport seleksiyasi oyligi doirasida musobaqalar o‘tkazilmoqda

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor sportchilar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijonda sport seleksiyasi oyligi doirasida musobaqalar o‘tkazilmoqda
Фото: Андижон спорт бошқармаси

Andijon shahar 4-son politexnikumi sport zalida sport seleksiyasi oyligi doirasida yosh sportchilarni aniqlash va seleksiya qilish maqsadida kichik o‘smirlar o‘rtasida sport kurashlarining erkin kurash turi bo‘yicha Andijon viloyati prokurori kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Andijon viloyati prokurori M. Abduhakimov, Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari K. Komilov hamda Andijon viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i O‘. Toshpo‘latov ishtirok etib, yosh sportchilarga omad tiladilar.

Musobaqa davomida yosh polvonlar turli vazn toifalarida bellashib, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar hamda iqtidorli sportchilar saralab olindi.

Bellashuvlar yakuniga ko‘ra quyidagi sportchilar g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldilar:

38 kg vazn toifasi:
1-o‘rin Raimjonov Temurbek
2-o‘rin Maxmudov Oyatilloh
3-o‘rin Ziyovuddinov Shoxjaxon
3-o‘rin Mo‘ydinnov Abdulaziz

41 kg vazn toifasi:
1-o‘rin Komilov Jasurbek
2-o‘rin Yulchiyev Muhammadabdullox
3-o‘rin Abduraxmonov Hasanboy
3-o‘rin Begijonov Firdavs

48 kg vazn toifasi:
1-o‘rin Mamirov Abdulboriy
2-o‘rin Ergashboyev Avazbek
3-o‘rin Madaminjonov Muhammadsolih
3-o‘rin G‘aniyev Dovudbek

57 kg vazn toifasi:
1-o‘rin Bozorov Sheryazdan
2-o‘rin To‘lqinboyev Diyorbek
3-o‘rin Qoldoshev Bobur
3-o‘rin Ismoilov Muhammadali

68 kg vazn toifasi:
1-o‘rin Qobulov Farxod
2-o‘rin Boxodirov Bilol
3-o‘rin Tursunaliyev Muhammadali
3-o‘rin Igamberdiyev Qosimjon

75 kg vazn toifasi:
1-o‘rin Olmasov Muhammadsolih
2-o‘rin Maxmudjonov Muhammadrizo
3-o‘rin Rahmonjonov Olimjon
3-o‘rin Oripov Hamidilloh

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor sportchilar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting