Andijonda sport seleksiyasi oyligi doirasida «Andijan Challenge» musobaqasi o‘tkazildi
G‘olib va sovrindorlar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: O'zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi
Musobaqa Andijon Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil etilib, unda bolalar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlar tashkil etildi. (https://sport.uz/andijon-sport/news/df5c9e45-e614-4091-8c36-0f918e2852fa)
Mazkur musobaqani o'tkazishdan asosiy maqsad — yosh sportchilarni saralab olish, ularning mahoratini oshirish hamda taekvondo WT sport turini ommalashtirishdan iborat edi. Musobaqa davomida ishtirokchilar yuqori tayyorgarlik, kuch va texnik mahorat namoyish etdilar.
Bellashuvlar yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist