Andijonda sport kurashlari bo‘yicha viloyat prokurori kubogi musobaqalari yakunlandi
Andijon shahar 4-son politexnikumi sport zalida yunon-rum kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida viloyat prokurori kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada viloyatning turli hududlaridan kelgan yosh polvonlar ishtirok etib, turli vazn toifalarida o‘zaro bellashdilar.
Musobaqaning asosiy maqsadi yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mahoratini oshirish hamda iqtidorli polvonlarni saralab olishdan iborat bo‘ldi. Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz kechdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra quyidagi sportchilar g‘olib va sovrindorlar sifatida e’tirof etildi:
38 kg vazn toifasi:
1-o‘rin — Abduvahobov Hojiakbar
2-o‘rin — G’ofurjonov Muhammadsafo
3-o‘rin — Fozilov Muhammadali
3-o‘rin — Sharifjonov Muhammadsohib
41 kg vazn toifasi:
1-o‘rin — Yakubekov Mavlon
2-o‘rin — Sotvoldiyev Oyattilo
3-o‘rin — Normatov Muhammadqodir
3-o‘rin — Komilov Jasur
48 kg vazn toifasi:
1-o‘rin — Mamajonov Bekzod
2-o‘rin — Durbekov Muhammadrizo
3-o‘rin — Sobirjonov Abdumo‘min
3-o‘rin — Mashrabov Elbek
57 kg vazn toifasi:
1-o‘rin — Obidov Abdullo
2-o‘rin — Shokirov Asadillo
3-o‘rin — Shamsitdinov Xondamir
3-o‘rin — Odiljonov Abdullo
68 kg vazn toifasi:
1-o‘rin — Ubaydullayev Mirzaabdullo
2-o‘rin — Qobulov Farhod
3-o‘rin — To‘lqinboyev Axliddin
3-o‘rin — Orifjonov Paxlavon
75 kg vazn toifasi:
1-o‘rin — Ulug‘bekov Zafar
2-o‘rin — Nematov Hayotbek
3-o‘rin — Abduqahhorov Abdullo
3-o‘rin — Abdurahimov
Tadbir yakunida g‘olib va sovrindor sportchilar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, yosh polvonlarni tayyorlagan murabbiylarga minnatdorchilik bildirilgan holda tashakkurnomalar va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.