locale OZ

Andijonda sport kurashlari bo‘yicha viloyat prokurori kubogi musobaqalari davom etmoqda

G‘olib va sovrindor sportchilar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijonda sport kurashlari bo‘yicha viloyat prokurori kubogi musobaqalari davom etmoqda
Фото: Андижон спорт бошқармаси

Andijon shahar 4-son politehnikumi sport zalida ayollar kurashi bo‘yicha viloyat prokurori kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Unda yosh polvon qizlar turli vazn toifalarida bellashib, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar va iqtidorli sportchilar saralab olindi.

Bellashuvlar yakuniga ko‘ra quyidagi sportchilar g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldilar:

46 kg vazn toifasi:
1-o‘rin — Kobulova Zuhra (Bo‘ston tumani)
2-o‘rin — Kobiljonova Habiba (SYAKTISM)
3-o‘rin — Mamirova Husnilol (SYAKTISM)
4-o‘rin — Abdurahmonova Charos (Marhamat tumani)

54 kg vazn toifasi:
1-o‘rin — Abdurahmonova Sabrina (SYAKTISM)
2-o‘rin — Shavkatbekova Mubina (SYAKTISM)
3-o‘rin — Oribjonova Mubina (SYAKTISM)
4-o‘rin — Jakbaraliyeva Nigina (Baliqchi tumani)

G‘olib va sovrindor sportchilar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, taqdirlash marosimida sport rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faxriylar Andijon viloyati prokuraturasi nomidan ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar.

Ayni paytda viloyat prokurori kubogi doirasida yunon-rum kurashi bo‘yicha musobaqalar ham davom etmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting